1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Foydalanish shartlari (keyingi o‘rinlarda — “Shartnoma”) “NEXT DEVELOPERS TEAM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — “Operator”) va PrepDrive platformasining (keyingi o‘rinlarda — “Platforma”) istalgan foydalanuvchisi o‘rtasidagi ommaviy oferta hisoblanadi.
1.2. Platformadan foydalanishni boshlagan yoki ro‘yxatdan o‘tgan har qanday shaxs ushbu Shartnoma shartlariga so‘zsiz rozilik bildirgan hisoblanadi.
1.3. Operator Shartnomaga istalgan vaqtda bir tomonlama o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. O‘zgarishlar e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2. Operator haqida ma’lumot
- Yuridik nomi: NEXT DEVELOPERS TEAM MCHJ
- STIR: 307346663
- Yuridik manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani
- Elektron pochta: nextdevteamuzb@gmail.com
3. Ro‘yxatdan o‘tish va hisob xavfsizligi
3.1. Ro‘yxatdan o‘tish foydalanuvchining amaldagi telefon raqamini kiritish va SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiritish orqali amalga oshiriladi.
3.2. Foydalanuvchi o‘zi taqdim etgan ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgar.
3.3. Foydalanuvchi o‘z hisobiga kirish tizimdagi har qanday ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi. Hisobdan amalga oshirilgan barcha harakatlar foydalanuvchining o‘zi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.
4. Xizmatlar va to‘lov tartibi
4.1. Operator Platformada ko‘rsatilgan xizmatlar turlari va tariflarini mustaqil belgilaydi.
4.2. Pullik xizmatlar uchun to‘lovlar [Payme, Click, Uzum] kabi to‘lov tizimlari orqali yoki boshqa usulda amalga oshiriladi.
4.3. Foydalanuvchi obunani xarid qilib, to‘lovni amalga oshirgach va obuna faollashtirilgach, tegishli obuna davri uchun to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi. Foydalanuvchining xizmatdan foydalanmasligi, obunani muddatidan oldin bekor qilishi yoki o‘z xohishiga ko‘ra hisobini o‘chirishi pulni qaytarish uchun asos bo‘lmaydi.
4.4. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida pulni qaytarish majburiy deb belgilangan holatlar yoki Operator aybi bilan pullik xizmat amalda taqdim etilmagan holatlar bundan mustasno.
5. Intellektual mulk huquqlari
5.1. Platformaning dizayni, dasturiy kodi, logotiplari, matnlari, tizimdangi harqanday ma’lumot va barcha grafik materiallari Operatorning intellektual mulki hisoblanadi.
5.2. Ushbu materiallardan Operatorning yozma roziligisiz nusxa ko‘chirish, tarqatish yoki tijoriy maqsadda foydalanish taqiqlanadi.
6. Tomonlarning javobgarligi
6.1. Operator Platformaning 24/7 rejimida uzluksiz ishlashiga harakat qiladi, biroq profilaktika ishlari yoki internet provayderlaridagi nosozliklar tufayli yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emas.
6.2. Foydalanuvchi Platformadan noqonuniy maqsadlarda yoki boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini buzgan holda foydalansa, uning hisobi ogohlantirishsiz bloklanishi mumkin.
7. Nizolarni hal etish
7.1. Barcha kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
7.2. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Operator joylashgan hududdagi tegishli sudda ko‘rib chiqiladi.
