Toifa BSavol #1
Transport vositasi nosozliklari
Qanday nosozlik bo'lganda, transport vositalarining harakatlanishini davom ettirishi taqiqlanadi?
Tushuntirish:
YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yog'ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.
